1

Jizzax viloyatida "Ilg`or hudud" sinov loyihasi amalga oshiriladi

Jamiyat 11.01.2019, 11:38
Jizzax viloyatida "Ilg`or hudud" sinov loyihasi amalga oshiriladi

Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 martdan Jizzax viloyatida “Ilg`or hudud” sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

  • hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
  • “Bir qishloq – bitta mahsulot” tamoyili bo`yicha talab yuqori bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
  • Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi loyihani tizimli va samarali amalga oshirish uchun mas`uldir.

Agentlik tomonidan 2019 yil 1 martgacha Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Konsepsiyada quyidagilar aks ettiriladi:

  • turizm tarmog`ini, shu jumladan Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish;
  • suv, gaz va elektr ta`minoti, kanalizasiya tarmoqlari, yo`l infratuzilmasi, Internet tarmog`ini rivojlantirish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1