1

"O`rikzor"dagi do`konlarga o`g`ri tushdi

Jamiyat 11.01.2019, 14:04
"O`rikzor"dagi do`konlarga o`g`ri tushdi

2019 yil 7 yanvar kuni noma`lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi A.Yu.ga tegishli TXAY ko`chasida joylashgan “O`rikzor savdo kompleksi” MChJ hududidagi savdo do`koniga kalit tanlash yo`li bilan kirib, 14 mln. 500 ming so`m puli va 500 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumani Farnux 1-tor ko`chasida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1