1

Berlinda O`zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi o`tkaziladi

Jamiyat 11.01.2019, 20:18
Berlinda O`zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi o`tkaziladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi oldidan joriy yilning 14 yanvar kuni Berlinda O`zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum, nemis kompaniyalari, bank-moliya institutlari ishtirokida hamkorlikka doir ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumda Germaniya iqtisodiyot va energetika federal vazirligi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya Savdo-sanoat palatasi uyushmasi rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari bilan bir qatorda, Germaniyaning 250 dan ortiq etakchi, jumladan, “ThyssenKrupp”, “MAN”, “Knauf”, “Linde”, “Takraf”, “Deutsche Bahn”, “Siemens”, “CLAAS”, “Deutsche Lufthansa” va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Unda mamlakatlarimiz o`rtasida investisiyaviy, savdo, neft-kimyo va kimyo sanoati, sog`liqni saqlash, qishloq xo`jaligi, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish va turizm sohalaridagi manfaatli sheriklik istiqbollari, shuningdek, ushbu yo`nalishda qo`shma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum doirasida O`zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari ishtirokida “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuv hamda investisiya, savdo sohalariga oid qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1