AsosiyJamiyat

Toshkentda sartaroshlik bo`yicha mahorat darslari tashkil etildi (foto)

'Toshkentda sartaroshlik bo`yicha mahorat darslari tashkil etildi (foto)'ning rasmi

Yoshlar ijod saroyida O`zbekiston Respublikasi Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamkorligida “Zamon bilan hamnafas: Ustoz-shogird an`analari” mavzuida sartaroshlik kasbi bo`yicha mahorat darslari tashkil etildi. Unda respublikamiz bo`yicha kelajakda etuk sartarosh bo`lishni niyat qilgan yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbirda malakali sartaroshlar tomonidan yoshlar uchun master-klass o`tildi.

– Sartaroshlik kasbi bilan 8 yildan buyon shug`ullanaman, – deydi Samarqand shahridan kelgan sartarosh Rohila Hayitova. – Menga asosan kelinlar obrazini yaratish yoqadi. Men bugun “Markaziy Osiyo kelini” obrazini yaratdim. Mahorat darslari davomida hamkasblarim bilan tajriba almashdik. Mohir sartaroshlardan kasbimizning yanada nozik qirralarini o`rgandik. Bu, albatta, bizning kelgusi ish jarayonlarimizda qo`l keladi.

1.JPG

3.JPG

5.JPG

7.JPG

8.JPG

26.JPG

28.JPG

16.JPG

    Boshqa yangiliklar