Xitoyning Shandun provinsiyasi polisiyasi ayollar qabrini kovlab, ularning tanalarini to`y marosimlari uchun sotish bilan shug`ullangan degan shubha bilan 11 kishini qamoqqa oldi. Bu haqda The South China Morning Post yozmoqda. Qo`lga olinganlarni uch yillik qamoq jazosi kutib turibdi.
Nashrning ma`lumotiga ko`ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mart oyida qabr qazuvchilar izidan tushishgan. Shu paytda qabr qazuvchilar bir ayol tanasini kovlab olishgan va uni taxminan 3000 dollarga sotishgan edi. Keyinchalik ushub jasadni o`lim nikohi (xitoy tilida minxun) marosimda foydalanish uchun qayta sotilishi rejalashtirilgan edi.
Guruh boshlig`i Vanning xabar berishicha, jasadning narxi qanchalik yangi bo`lsa, shunchalik qimmat bo`lgan. “Eski suyaklar hech narsaga arzimaydi (qoidaga ko`ra ularning narxi 50 dollardan oshmaydi), agar yangi jasad topilsa bormi, ana bu haqiqiy mol”, - deydi u.
Xitoy qonunlariga ko`ra jasadlarni o`g`rilash jinoyat hisoblanadi va uch yilgacha qamoq bilan jazolanadi.
Minxun Xitoyda ancha keng tarqalgan. Xitoy e`tiqodiga ko`ra, agar odam uylanmay vafot etsa, yaqinlari uni qabrga qo`yishdan oldin ayol kishining jasadi bilan o`ldim marosimini o`tkazishadi. Buning uchun esa har ikki tana ham o`lgan bo`lishi kerak.





