AsosiyJamiyat

Jizzaxda 3 balli zilzila sodir bo`ldi

30 oktyabr kuni 11:38 da Jizzax viloyati hududida 3 balli zilzila sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda 12news.uz.

«Toshkent» seysmomarkazi xabariga ko`ra, er osti silkinishlari episentri Toshkentdan 217 kilometr, Jizzaxdan 32 kilometr masofada joylashdi. Samarqandda er silkinishi kuchi 2 ballni tashkil etdi.

Evropa—O`rtaer dengizi seysmologik markazi ma`lum qilishicha, 4 magnitudali zilzila episentri Toshkentdan 146 kilometr, Jizzaxdan 40 kilometr va Do`stlik shahridan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma`lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar