Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida temir yo`l chipta kassalarida chipta sotib olish bo`yicha alohida imtiyozlarga ega toifadalar ro`yxati e`lon qilindi.
Unga ko`ra, quyidagilarga ustunlik beriladi:
- 10 yoshgacha bolali yo`lovchilarga, shuningdek, yo`llanmalar bo`yicha sanatoriy-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo`lovchilar;
- Prezident Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas`ul xodimlari;
- Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilari, xizmat ko`rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko`rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan yo`lga chiqishlarda tibbiyot xodimlari, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlari;
- tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslar;
- avariya yoki yong`inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O`zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilari.