AsosiyJamiyat

O`zbekiston noto`g`ri ovqatlanishdan o`lim holatlari darajasi bo`yicha "etakchi" bo`ldi

'O`zbekiston noto`g`ri ovqatlanishdan o`lim holatlari darajasi bo`yicha "etakchi" bo`ldi'ning rasmi

Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari noto`g`ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o`lim holatlari darajasi bo`yicha Evropa mamlakatlari reytingini tuzishdi. Tadqiqot 1990 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrdagi ma`lumotlarga asoslanadi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori o`lim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi. Muqaddam SSSR tarkibiga kirgan respublikalar reytingda birinchi o`n bir o`rinni egalladi. O`zbekiston o`lim holatlari soni bo`yicha "etakchi" bo`ldi. Qayd etilishicha, mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida har 100 ming kishidan 394 kishi hayotdan ko`z yumgan.

Ikkinchi va uchinchi o`rinda Turkmaniston hamda Qirg`iziston. Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Belarus, Tojikiston va Qozog`iston joylashdi. Rossiya har 100 ming kishiga 291ta o`lim holati ko`rsatkichi bilan o`ntalikni yakunladi.

Eng to`g`ri ovqatlanishga Ispaniya, Isroil va Fransiya aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda har 100 ming kishidan 43-46 inson noto`g`ri ovqatlanish odatlari tufayli hayotdan ko`z yumgan.


Olimlarning baholashicha, 2016 yilda noto`g`ri ovqatlanish Evropadagi o`lim holatlarining yarmiga sabab bo`ldi. Mintaqada yashovchi ikki milliondan ortiq kishi oziq-ovqatdagi tuz miqdori yuqori ekani va sabzavot, yong`oqlar hamda donli mahsulotlar iste`molining kamligi tufayli kelib chiqqan kasalliklar qurboniga aylandi.

    Boshqa yangiliklar