AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar qo`mitasi va Mudofaa vazirligi askarlarning onalariga kutilmagan sovg`a hozirladi

'Xotin-qizlar qo`mitasi va Mudofaa vazirligi askarlarning onalariga kutilmagan sovg`a hozirladi'ning rasmi

2019 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahridagi A.P.Chexov nomli rus dramma teatri binosida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, Xotin-qizlar qo`mitasi va Markaziy harbiy okrugi hamkorligida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzuida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Bosh vazir o`rinbosari, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva ishtirokchilarni qizg`in tabriklab, Mustaqil taraqqiyotimiz tarixida eng yorqin sahifalardan biri bo`lgan ushbu bayram nafaqat harbiy xizmatchilar, balki Qurolli Kuchlar safida muqaddas burchini o`tagan va o`tayotgan hamda xizmatga borishga shaylanayotgan ming-minglab mard, navqiron farzandlarning, ularni duolari bilan qo`llab-quvvatlayotgan otaxonu-onaxonlarning, sevimli yorining askarlikdan qaytishini kutayotgan lobar qizlarning, umuman xalqimizning eng aziz bayramlaridan biri ekanligini ta`kidladi.

Tadbir doirasida xizmat burchini o`tayotgan askar onalari uchun kutilmagan sovg`a hozirlanib, ularga farzandlari bilan diydorlashuv tashkil etildi. Ko`tarinki kayfiyatda o`tgan tadbir sog`ingan ko`ngillarga maroqli vaqt o`tkazish imkonini berdi.

    Boshqa yangiliklar