2019 yil 12 yanvar kuni Farg`ona viloyati Bog`dod tumanida yashagan Yu.X. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashinani Uchko`prik tumani Begobod qishlog`i hududidan oqib o`tuvchi “Katta Farg`ona” kanali bo`yida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu kanalga tushib ketgan.
Natijada Yu.X. va uning yo`lovchisi, birga yashagan turmush o`rtog`i M.E.lar avtomashina ichida qolib, cho`kib vafot etganlar.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






