AsosiyJamiyat

Toshkentda "Vatan himoyachilari kuni"ga bag`ishlangan musobaqa tashkil etildi

'Toshkentda "Vatan himoyachilari kuni"ga bag`ishlangan musobaqa tashkil etildi'ning rasmi

Ertaga O`zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganiga roppa-rosa 27 yil to`ladi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida poytaxtimizda yugurish musobaqasi tashkil qilindi. 10 km masofaga o`tkazilgan bellashuvlarda 500 nafardan ziyod ishtirokchi o`z omadini sinab ko`rdi.

Qatnashchilar Mirzo Ulug`bek ko`chasidan «Xalqlar do`stligi» maydonidagi marragacha yugurishdi.

Erkaklar o`rtasidagi bahslarda Sh.Davletov, V.Mamedov, Z.Mamatqulov, E.Fadeev, A.Petrov, B.Safarov marraga birinchilardan bo`lib etib kelishdi. Ayollar o`rtasida esa E.Tunguskova, M.Xmelevskaya, M.Muhitdinova, Z.Xudoyberdieva, V.Grishina, M.Baratova kuchli oltilikni tashkil etib berishdi.

«Bugungi musobaqa men uchun juda omadli bo`ldi. Bahslarda birinchi o`rinni oldim. Yil ajoyib boshlanganidan xursandman. Sport bilan barcha shug`ullanishi lozim. Bu sog`liq uchun juda foydali. Yaqinlashib kelayotgan bayram, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabriklayman», – dedi musobaqa g`olibasi Ekaterina Tunguskova.

Milliy olimpiya qo`mitasi musobaqadan olingan suratlarni taqdim etdi:

    Boshqa yangiliklar