Mamlakatimizda o`tkazilayotgan Vatanparvalik oyligi doirasida Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi, Andijon harbiy prokuraturasi hamda Sharqiy harbiy okrug qo`mondonligi tashabbusi bilan bayram arafasida viloyatdagi № 34241-son harbiy qismda xizmatchilar va ularning oila a`zolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor xizmat barcha qulayliklarga ega, zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan maxsus avtobusda ko`rsatildi. Tadbirda 250 nafardan ziyod harbiylar, ularning oila a`zolari qatnashdilar.
Ishtirokchilarga 36 turdagi xizmat ko`rsatildi hamda 200 dan ortiq xizmatchilar va ularning oila a`zolarining qiziqtirgan savollariga va muammoli masalalariga huquqiy maslahatlar berildi .
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish, soliq to`lovchining identifikasiya raqamini olish, soliqdan qarzdorlik mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash kabi tezkor xizmatlar ko`rsatildi.
Tashkil etilgan sayyor qabullar harbiylar uchun imtiyozli tarzda amalga oshirildi. Bu kabi tadbirlar respublikamizda joylashgan barcha harbiy qismlarda davom etmoqda.
Qulay, ochiq va xalqqa yaqin davlat xizmatlari — shunchaki shior emas, balki kundalik mehnat tarziga aylanmoqda.








