AsosiyJamiyat

Moliya vazirligi va DSQ QQS bo`yicha hisobga olishning ayrim jihatlarini tushuntirdi

'Moliya vazirligi va DSQ QQS bo`yicha hisobga olishning ayrim jihatlarini tushuntirdi'ning rasmi

QQSga o`tish masalasi u bilan birinchi bor to`qnash kelayotgan soliq to`lovchilarda ko`plab savollarni tug`dirmoqda.

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblash va byudjetga to`lashdagi ayrim masalalarni tushuntiruvchi xatni o`zining hududiy boshqarmalariga yubordi, deb xabar bermoqda "Buxgalter.uz".

QQS to`lovchisiga aylangan korxona tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo`yicha etkazib beruvchiga to`langan soliqni hisobga olish huquqiga ega. Bu Soliq kodeksining 218-moddasida belgilangan.

Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymatida mavjud bo`lgan QQSni faqat quyidagi hollarda hisobga olsa bo`ladi:

  • QQS summasi TMZ (ishlar, xizmatlar) olinganda to`langanda va birlamchi hujjat bilan tasdiqlanganda;
  • QQS summasi soliq to`lovchining hisob siyosatiga muvofiq tovarning tannarxiga kiritilganda.

Xatda 2019 yilning 1 yanvaridan QQS to`lashga o`tgan tadbirkorlik sub`ektlarining harakatlari tartibi bayon etilgan.

Xususan, tadbirkorlik sub`ektlari quyidagilarni amalga oshirishlari kerak:

1. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko`ra tovar-moddiy zaxiralarning inventarizasiyasini o`tkazish.

2. Ortiqcha to`lanmalar aniqlanganda ularni daromadga kiritgan holda bozor qiymati bo`yicha kirim qilish.

3. QQSsiz tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymati hamda xarid qilinayotganda TMZning tannarxiga kiritilgan soliq summasini belgilash. TMZning qiymatini kamaytirish bilan hisobga kiritish uchun QQS summalari quyidagi provodkalarda aks ettiriladi:

  • byudjetga bo`nak to`lovlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti (4400);
  • tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti (1000; 2800; 2900).

4. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab tovar-moddiy zaxiralarning realizasiyasi QQS bilan birga amalga oshirish. Bunda TMZni xarid qilayotganda etkazib beruvchidan olingan hisobvaraq-fakturadagi QQSning summasi hisobga olinadi.

5. Soliq kodeksining 401-bobiga muvofiq QQSni hisoblab chiqarish va to`lashning soddalashtirilgan tartibini qo`llovchi soliq to`lovchilar soliq solinadigan oborotlar bo`yicha QQS summasini soliq solinadigan baza va farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda xarid qilingan TMZ bo`yicha QQSni hisobga olishni qo`llamasdan aniqlaydilar.

    Boshqa yangiliklar