1

Toshkentda YPX inspektoriga tan jarohati etkazgan haydovchi qamaldi

Jamiyat 14.01.2019, 15:47
Toshkentda YPX inspektoriga tan jarohati etkazgan haydovchi qamaldi

Internet tarmog`ida yo`l harakati qoidalarini buzgani uchun to`xtatilgan haydovchining yo`l-patrul xizmati inspektoriga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari aks etgan video tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lum qilishicha, voqea aslida 2017 yil yanvarida ro`y bergan.

2017 yil 18 yanvar kuni soat 21:30 larda Mustaqillik va Shahrisabz ko`chalari chorrahasida YPX inspektori Nexia avtomobili haydovchisini kamar taqmaganligi uchun to`xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchining transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlari yo`qligi ma`lum bo`lgan.

Jazodan qutulib qolish maqsadida haydovchi inspektorga qarshilik ko`rsatib, tan jarohatlari etkazgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi uni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topdi va unga 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1