1

Majburiy ijro byurosi AYoQShda talon-torojlik holatlarini aniqlashdi

Jamiyat 14.01.2019, 15:55
Majburiy ijro byurosi AYoQShda talon-torojlik holatlarini aniqlashdi

Majburiy ijro byurosi Yakkabog` tuman bo`limi xodimlari tumandagi avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalarida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligini o`rganilganda «Jalol ota» MChJ elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligini aniqlandi. Bu haqda MIB matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shundan so`ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, jamiyat elektr tarmog`idan ajratib qo`yildi.

Hisob-kitoblarga ko`ra jamiyat davlat manfaatlariga 10.155.326 so`m miqdorida zarar etkazgan.

«Jalol ota» MChJ mutasaddilari Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 101-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortildi hamda etkazilgan moddiy zarar hamda jarima undirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1