1

60 ta xonadon harbiy xizmat chog`ida halok bo`lganlarning oilalariga topshirildi

Jamiyat 14.01.2019, 21:32
60 ta xonadon harbiy xizmat chog`ida halok bo`lganlarning oilalariga topshirildi

Jizzax viloyatida Vatan himoyachilari kuni hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o`tkazildi.

Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida harbiy qismlarning tantanali saf namoyishi bo`lib o`tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi tarkibidagi harbiy qismlar, alohida otliq kavaleriya qismlari harbiy orkestr sadolari ostida safda o`tib, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari jangovar salohiyatini namoyish etdi.

Bayram tadbirlari Jizzax shahri Ittifoq mahallasida qo`shaloq bayramga aylandi. Bu erda yangi qurib bitkazilgan 5 qavatli zamonaviy uyning 60 xonadoniga harbiy xizmatchilar va xizmat burchini o`tash chog`ida halok bo`lganlarning oilalari ko`chib o`tdi.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan marosimda ishtirok etgan Jizzax harbiy garnizoni, Markaziy harbiy okrug, hokimiyat va qurilish tashkiloti vakillari, keng jamoatchilik xonadonlar sohiblarini Vatan himoyachilari kuni va yangi uy bilan qutladi, deb xabar bermoqda O`zA.

– Vatan himoyachilari kunida yangi uyga ko`chib o`tganimizdan behad xursandmiz, – deydi kapitan Shuhrat Usanov. – Uch xonali zamonaviy jihozlangan uyda oilamiz uchun barcha qulaylik bor. Bu g`amxo`rlik va rag`batga sodiq xizmat qilish bilan javob qaytaramiz.

Tadbirlarda Jizzax viloyati hokimi E.Soliev so`zga chiqdi.

17.JPG

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1