AsosiyJamiyat

Uchtepadagi yong`inda ayol kishining kuygan jasadi topildi

'Uchtepadagi yong`inda ayol kishining kuygan jasadi topildi 'ning rasmi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi uylardan birida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

“Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko`rgan. Shu bilan birga, E.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo`lgan qo`shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar