1

O`zbekistonga hafta ohirida Volga bo`yidan sovuq havo oqimi keladi

Jamiyat 14.01.2019, 21:43
O`zbekistonga hafta ohirida Volga bo`yidan sovuq havo oqimi keladi

“O`zgidromet” mutaxassislaridan olingan ma`lumotlarga ko`ra, 14 yanvarda yurtimizning shimoliy tumanlariga salqin va nam havo oqimi kirib keladi. Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ba`zi joylarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

15 yanvarda salqin va nam havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Xususan, shimolda yog`ingarchilik bo`ladi.

16-17 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 yanvarda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin.

18-19 yanvarda yurtimizga Turkmanistondan iliq havo oqimi kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg`ir yog`adi, 19 yanvarda esa Volga bo`yi hududlaridan sovuq havo oqimi kirishi bilan ba`zi joylarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shu kunlarda harorat kechalari 3-5 daraja iliqdan 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 6-8 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqgacha o`zgarib turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1