1

Yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

Jamiyat 15.01.2019, 09:52
Yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi;

Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;

Davlat aktivlarini boshqarish, transformasiya va xususiylashtirish jamg`armasi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o`qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo`mitasining quyidagi funksiyalari:

bo`sh turgan ob`ektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi – Davlat soliq qo`mitasi va Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasiga;

bo`sh turgan ob`ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investisiya loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi – Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga o`tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta`minlash davlat siyosatining asosiy yo`nalishi etib belgilandi.

davlat aktivlarini samarali boshqarish bo`yicha yagona davlat siyosatini yuritish – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta`minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining;

qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1