Gaitida bundan 9 yil avval ro`y bergan zilzila qurbonlarini xotirlash marosimi bo`lib o`tmoqda, deya xabar qildi TASS nashri.
Mazkur marosimda mamlakat prezidenti Jovenel Moiz ham ishtirok etgan. Prezident va hukumatning boshqa a`zolari hamda yuzlab fuqarolar 300 ming qurbon dafn etilgan qabristonga tashrif buyurishdi.
Eslatib o`tamiz, Gaitida 2010 yil 7,1 ballik silkinish ro`y bergan. Bu esa 280 mingdan ortiq uylarning vayron bo`lishiga olib kelgan edi.






