1

Po`lat Bobojonov: Oila-turmush doirasidagi qotilliklar 19,5 foizga kamaydi

Jamiyat 15.01.2019, 11:05
Po`lat Bobojonov: Oila-turmush doirasidagi qotilliklar 19,5 foizga kamaydi

Jamoatchilik va mahalla faollari bilan birgalikda nizolashayotgan yaqin qarindoshlarni yarashtirish choralari ko`rilganligi natijasida oila-turmush doirasidagi qotilliklar 19,5 foizga, og`ir tan jarohati etkazish bilan bog`liq jinoyatlar esa 36,3 foizga kamaygan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov O`zA muxbiri bilan suhbatda ma`lum qilgan.

Jinoyat sodir etgan o`quvchilar soni 1 ming 565 nafardan 973 nafarga yoki 37,8 foizga, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar 37,9 foizga kamaygan.

Ichki ishlar organlarining mahalla faollari, Xotin-qizlar qo`mitasi, Yoshlar ittifoqi, prokuratura va boshqa organlar bilan olib borgan hamkorligi natijasida 2018 yilda 2 ming 301 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmadi.

Umumiy jinoyatchilik esa 2018 yilda o`tgan 2017 yilga nisbatan 33,5 foizga kamaygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1