Islandiyada shimol yog`dusi kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Ushbu ajoyib tabiat hodisasi bilan birga mamlakatda sovuq harorat hukm surmoqda. Shunga qaramay, ko`plab sayyohlar shimol yog`dusini tomosha qilish uchun bu erga tashrif buyurishdan erinishmayapti. Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, ular o`z hayotlarini xavf ostida qoldirishmoqda. Chunki ayni vaqtda tog`li joylar qalin qor va muz bilan qoplangan. Sayyohlar yog`duni ko`rish uchun borib, orqaga qaytolmay yo`llarda qolib ketishmoqda. Hozirga qadar o`nlab YTHlar ro`y bergani qayd etilgan.