Fransiya poytaxti Parijda polisiya va namoyishchilar o`rtasida yirik to`qnashuvlar ro`y bermoqda, deya ma`lum qildi TASS nashri.
Uzoq vaqtdan buyon o`z harakatlarini to`xtatmayotgan sariq nimchalilar nomini olgan namoyishchilar ko`chalarni vayron qilishgan. 80 mingga yaqin huquq-tartibotidorasi xodimlari esa vaziyatni barqarorlashtirishga urinmoqda. Polisiya aksiya ishtirokchilariga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lmoqda. Hozirga qadar 240 kishi qo`lga olingan. Hukumat vaziyat yanada murakkablashishining oldini olish maqsadida butun Fransiya bo`ylab xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.






