1

Zarafshon milliy tabiat bog`ida kurort hudud tashkil etiladi

Jamiyat 15.01.2019, 11:30
Zarafshon milliy tabiat bog`ida kurort hudud tashkil etiladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning 2019 yil 14 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2019-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo`yicha 2019 yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasi”da ana shunday vazifa belgilangan.

Shuningdek milliy tabiat bog`ida sayyohlar davomiy va qisqa muddatli dam olishi, ekskursiya va ma`rifiy turizm tashkil etish uchun rekreasiya hududi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, viloyatdagi “Kattaqo`rg`on”, “Qoratepa” va “Qorasuv” suv omborlari atrofida ekoturizm va rekreasiya turizmni rivojlantirish choralari ko`riladi.

2019 yil oktyabr-noyabr oylarida esa viloyatda “Qovun sayli”, “Non sayli”, “Palov sayli”, “Kishmish”, “Sharq shirinliklari” festivallari o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1