1

Ichki ishlar tizimida 172 xodim lavozimidan ozod etilib, 174 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi

Jamiyat 15.01.2019, 11:43
Ichki ishlar tizimida 172 xodim lavozimidan ozod etilib, 174 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi

Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov O`zA muxbiri bilan suhbatda fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo`lgan ishonchini oshirish uchun kompleks tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o`tdi.

19 ming nafar xodim attestasiyadan o`tkazildi. Ijobiy natijalarga erishgan, tashabbuskor 7 ming 678 nafar xodimga navbatdagi maxsus unvonlar berildi, 1 ming 12 nafar xodim rahbar kadrlar zaxirasiga kiritildi.

Egallab turgan lavozimida besh yildan ortiq xizmat qilayotgan 346 nafar rahbar xodimning faoliyati tanqidiy o`rganilib, 172 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, o`rniga tashabbuskor yangi rahbarlar tayinlandi.

Aksincha, o`z ustida lozim darajada ishlamagan 383 nafar rahbar xodim olti oydan keyin qayta attestasiyadan o`tishi, 81 nafari past lavozimga tayinlanishi to`g`risida qaror qabul qilindi, 59 nafari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi.

O`z navbatida, tizimda poraxo`rlikka qarshi kurashish borasida ham aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar tomonidan taklif qilingan pora sifatidagi pullarni olmasdan, pora berish jinoyatini fosh etishda shaxsiy tashabbus ko`rsatgan ichki ishlar organlari xodimlari rag`batlantirib borilmoqda. Bunda 77 nafar xodimning pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab qilgan murojaatiga asosan aybdor fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko`rilishi ta`minlandi.

Xalqimizda “guruch kurmaksiz bo`lmaydi” degan naql bor.

2018 yilda tizimda xizmat qilgan 174 nafar xodim sodir etgan turli jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1