1

Samarqandda ilk bor to`xtatilgan yurakda murakkab operasiya o`tkazildi

Jamiyat 15.01.2019, 12:38
Samarqandda ilk bor to`xtatilgan yurakda murakkab operasiya o`tkazildi

Samarqand viloyat viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida tug`ma yurak nuqsoni (porok) bilan tug`ilgan ikki nafar bemorning yuragi ilk bor muvaffaqiyatli operasiya qilindi, deb yozmoqda Zarafshon nashri.

Xabarda aytilishiga ko`ra, markazda bo`lmachalararo to`siq nuqsoni va qorinchalararo to`siq nuqsoni bo`lgan ikki turdagi yurak porogi operasiyasi muvaffaqiyatli o`tkazilgan.

Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Moskvadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida ishlab tajriba orttirgan va ayni paytda viloyatimizda faoliyat ko`rsatayotgan tibbiyot fanlari nomzodlari Maqsud Saidov va Ikrom Mallaev rahbarligida amalga oshirilgan.

2018 yil aprel oyida Samarqand viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Mamatqul Azizov aytishiga qaraganda, markaz 2018 yilda ochilgan. Markazga Sog`liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi tomonidan amaliy yordam ko`rsatilgan. Xususan, vazirlik 8 turdagi tibbiy asbob-uskunalar, viloyat hokimligi esa qiymati 1 milliard 900 million so`m bo`lgan sun`iy qon aylantirish apparati olib kelib o`rnatilgan.

Undan tashqari markaz shifokorlari xorijda malaka oshirib kelishgan. Natijada o`tgan yil viloyat bo`yicha tug`ma yurak nuqsoni bor bemorlarning 82 nafarida yurakda yopiq kardiojarrohlik operasiyalari o`tkazilgan.Yaqin kunlarda bo`limda yana o`n nafar bemor bolalarda ushbu noyob jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1