1

Ichki ishlar vaziri internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini ma`lum qildi

Jamiyat 15.01.2019, 15:11
Ichki ishlar vaziri internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini ma`lum qildi

O`zA muxbiri O`zbekiston Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov bilan suhbatlashdi. Vazir ushbu suhbat chog`ida internet, xususan ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib borishini ma`lum qildi.

"Biz internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan o`rganamiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat`iyatlilik bilan davom ettiriladi", - deydi Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov.

Internet tarmoqlarida vazirlik, uning sohaviy xizmatlari hamda tarkibiy bo`linmalarining veb-sayt, Facebook, Telegram sahifalarining ochilishi orqali fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tezkorlik bilan ma`lumot olish imkoniyati yaratilgan.

86 ming 523 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilingan. Tizim bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslarning 393 ming 493 murojaati ko`rib chiqildi. Jamoatchilik yordamida aholi bilan bevosita muloqotning yo`lga qo`yilishi, sektorlarga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolarini ular murojaat qilishidan oldin aniqlab, bartaraf etish choralari ko`rilgani natijasida murojaatlar soni 127 mingtaga kamaygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1