1

Chirchiqda harbiy parad bo`lib o`tdi (foto)

Jamiyat 15.01.2019, 15:23
Chirchiqda harbiy parad bo`lib o`tdi (foto)

Chirchiq dala o`quv maydonida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent viloyati hokimi,Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi va shaxsiy tarkibi, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a`zolari, o`quvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Harbiy paradda Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari va harbiy texnikalar tantanali marsh bilan o`tdi. Quruqlikdagi va havodagi kuchlarimiz xalqimizga namoyish etildi.



Kunning ikkinchi yarmida Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat markazida bo`lib o`tgan tantanali va badiiy marosim avvalida mustaqillik yillari xizmat vazifasini o`tash vaqtida yuksak jasorat, sadoqat va matonat namunasini ko`rsatgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, 2018 yilning dekabr oyida o`tkazilgan Qurolli Kuchlar miqyosidagi «Eng ilg`or mutaxassis» ko`rik-tanlovi g`oliblarini mukofotladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1