1

Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarida kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Jamiyat 15.01.2019, 15:53
Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarida kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

2018 yilning 4-choragida byudjet tashkilotlarida jami 1 969 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Moliya vazirligi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, o`tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 717 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag`lar 29 mlrd.so`mni, shundan kamomad va o`zlashtirishlar 6 mlrd.so`mni, noqonuniy xarajatlar 23 mlrd.so`mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o`tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko`rsatmalarga asosan aniqlangan 18,5 mlrd.so`m miqdoridagi noto`g`ri sarflangan mablag`larni belgilangan tartibda tiklanishi ta`minlandi hamda 871 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 59,8 mln.so`m miqdorida ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1