1

Xizmat vaqtida fuqarolar tomonidan kaltaklanib, o`ldirilgan IIB xodimiga "Jasorat" medali berildi

Jamiyat 15.01.2019, 16:11
Xizmat vaqtida fuqarolar tomonidan kaltaklanib, o`ldirilgan IIB xodimiga "Jasorat" medali berildi

Shunday insonlar bor, ular mana shu xalq, ona Vatan uchun kerak bo`lsa jonini fido qilishga tayyor. Ularning kechayu kunduz tinim bilmay qilgan xizmatlari evaziga har tongimiz umidbaxsh, kunlarimiz nurafshon va tunlarimiz osuda. Ana shunday zamondoshlarimizdan biri Ilhomjon Haydarov Izboskan tumani ichki ishlar bo`limining jinoyat qidiruv bo`linmasida tezkor vakil vazifasida xizmat qilgan.Aslida uning xizmat faoliyati davomida erishilajak yutuqlari hali ko`p edi. Hammasi hali oldinda edi. Biroq...

Atiga ikki oy oldin, ya`ni 2018 yilning 22 noyabr kuni Ilhomjon tungi xizmat paytida edi. Izboskan tumani “Yuqori Chuvama” mahalla fuqarolari yig`ini hududida bemaqsad yurgan bir guruh yigitlar uning e`tiborini jalb etdi. Tungi soat 2:00lar emasmi, fuqarolarning shaxsini va maqsadini aniqlashga kirishgan Ilhomjon va uning hamkasbi kutilmaganda yigitlarning qarshiligiga uchradilar. Jamoat tartibini saqlash, mahalla-ko`y tinchligini ta`minlashga kamarbasta osoyishtalik posbonlari shu tunda bir guruh jinoiy to`da qo`lida kaltaklandilar. Shifokorlarning urinishlari esa zoe ketdi. Shu tunda Ilhomjon hayotdan ko`z yumdi.

Vatan o`z qahramonlarini unutmaydi. Ularning har bir xayrli ishlari e`zozimizdadir. Ilhomjon Haydarov ham O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 yanvardagi Farmoniga binoan vafotidan so`ng “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati Andijon viloyati hokimi, harbiy-ma`muriy sektor rahbari Shuhratbek Abdurahmonov Ilhomjon Haydarov xonadoni bo`ldi. Uning ota-onasiga mana shunday mard, jasur o`g`lonni tarbiyalagani uchun minnatdorchilik izhor etgan holda, davlat mukofotini topshirdi.

“Farzandim oramizda yo`qligi achinarli. Biroq el-yurt tinchligi, osoyishtaligi yo`lida jonfidolik qilgani zamondoshlarimizga ibrat bo`ladi, degan umiddaman. O`g`limning el-yurt oldidagi xizmatini munosib taqdirlagan hukumatimizdan minnatdorman,” - deydi qahramonning otasi Inomjon aka Haydarov.

Har tong uyimizdan ko`chaga chiqar ekanmiz, kimimizdir ishga, o`qishga va boshqa manzillar sari yo`l olamiz. Har birimiz oldimizga qo`ygan maqsadlar sari og`ishmaslikka intilamiz. Yaxshi manzillarda yaxshi maqsadlar ijobatidan ko`nglimiz to`lgan paytda bizga mana shunday imkoniyatni yaratib bergan qahramonlarimizni yodga olish burchimiz ekanligini unutmasak bas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1