1

O`zbekistonda 50 million evrolik yangi onkologik klinika bunyod etiladi

Jamiyat 15.01.2019, 22:32
O`zbekistonda 50 million evrolik yangi onkologik klinika bunyod etiladi

Ma`lumki, Germaniya tibbiyoti eng rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, onkologiya yo`nalishida ko`plab yutuqlarga erishgan. Bu borada profilaktika, kasallikni erta aniqlash, yuqori texnologik davolash hamda reabilitasiya borasida katta natijalarni qo`lga kiritgani tahsinga loyiq.

Ushbu yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million evro qiymatidagi eng so`nggi texnologiya va jihozlar bilan ta`minlangan, zamonaviy klinika bunyod etish hamda Germaniyaning nufuzli Mangeym universiteti klinikasi bilan o`zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

– Natijada, o`ta og`ir, murakkab va gumonli holatlarga ham aniq tashxis qo`yish va samarali davolash imkoni yuzaga keladi. Eng muhimi, ushbu zamonaviy shifoxonada germaniyalik etakchi mutaxassis va olimlar doimiy asosda ishlaydi, – deydi Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Bundan tashqari, Mangeym universiteti klinikasi professorlari tomonidan o`zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash yo`lga qo`yiladi.

Shu tariqa mamlakatimiz tarixida birinchi marotaba tibbiyotning barcha yunalishlari bo`yicha Germaniyaning eng ilg`or tibbiyot markazida mutaxassislarimizni muntazam tayyorlash hamda malaka oshirish tizimiga asos solindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1