1

Chimyondagi yong`inda 3 yoshar bola halok bo`ldi, ikkitasi esa kuyish jarohatini oldi

Jamiyat 15.01.2019, 22:38
Chimyondagi yong`inda 3 yoshar bola halok bo`ldi, ikkitasi esa kuyish jarohatini oldi

2019 yilning 14 yanvar kuni Farg`ona tumani Chimyon qishlog`ida yashovchi fuqaro D.A.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar berdi.

Yong`inni payqab qolgan qo`shnilari uy egasining 2006 va 2015 yilda tug`ilgan farzandlari hamda 2007 yilda tug`ilgan jiyanini (o`g`il bolalar), yong`in zonasidan kuyish tan jarohatlari bilan qutqarib, shifoxonaga olib ketilgan va shu davrda yong`in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan.

Voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilib, ular 7 daqiqa ichida yonayotgan xonadonga etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida uyning 100 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`indan yashash uyining 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Shifoxonada ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kuyish tan jarohatining og`irligi sababli joriy yilning 15 yanvar kuni 2015 yilda tug`ilgan A.D. vafot etgan. Yong`inni taxminiy kelib chiqish sababi yosh bolalarni qarovsiz qoldirilishi va ularning ochiq olovdan foydalanishi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1