1

Toshkent er osti metrosi uchun Rossiya poezdlari sotib olinadi

Jamiyat 16.01.2019, 09:56
Toshkent er osti metrosi uchun Rossiya poezdlari sotib olinadi

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ tomonidan «Metrovagonmash» AJ (Rossiya) bilan o`tkazilgan to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar natijasida to`rt vagonli tarkibdagi ikkita motorli bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat beshta sostav xarid qilish to`g`risidagi Memorandum ahdlashuviga erishildi.

Bitimni moliyalashtirish manbalari, shuningdek, Rossiya vagonlari va uskunalarini transportda tashish shartlari regulation.gov.uz. me`yoriy-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish portalida keng jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Toshkent metropolitenining er ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasida bayon qilingan.

Xususan, qaror loyihasiga muvofiq, loyihani investisiyalash davrida moliyaviy xarajatlar to`loviga yo`naltiriladigan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari, O`zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va rivojlantirish Jamg`armasi krediti, shuningdek, Rossiya Federasiyasining Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

Unda jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish, foizlarni to`lash, komissiya va ular bilan bog`liq xarajatlar O`zbekiston Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan, deb yozadi O`zA.

Bu borada O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi «O`zbekiston temir yo`llari» AJ buyurtmalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig`imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta`minlaydi. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyati 2019 yil 1 martgacha bo`lgan muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o`rnatilgan tartibda “Toshkent metropolitenining er ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash uchun kiritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1