1

O`zbekistonda nodavlat sud ekspertizasi tashkil etiladi

Jamiyat 16.01.2019, 10:39
O`zbekistonda nodavlat sud ekspertizasi tashkil etiladi

Bu haqda, davlatimiz rahbarining 2019 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan «Sud ekspertiza faoliyatini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida qayd etilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Hujjatga ko`ra:

Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tashkil etiladi. Ularga sud ekspertizalarining ayrim turlarini o`tkazish huquqi berildi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini to`lov asosida o`qiydi, o`quv kursini tamomlagach tegishli ixtisoslik bo`yicha qo`yiladigan, ularning kasbiy layoqatini va ixtisoslik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikatiga ega bo`ladi.

Sud eksperti sertifikatini olgan shaxslar haqidagi ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida Qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan ekspertlarga ekspertizasi tadqiqotini o`tkazishga ruxsat berilmaydi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini o`tkazishda davlat sud-ekspertiza muaassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, huquqga ega bo`ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgarlik yuklatiladi.

Nodavlat ekspertiza tashkilotining ekspertiza xulosasidan norozi bo`lganlar, qayta sud ekspertizasini o`tkazish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasiga murojaat qilishi mumkin.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining reytingi yuritiladi.

Ushbu Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berildi:

  • Adliya vazirligi va Markazga pullik xizmatlar ko`rsatishdan kelib tushadigan va boshqa byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan yangi tarkibiy bo`limlar tashkil etish va ko`shimcha shtatlar joriy qilish;
  • Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, xizmatlar bo`yicha tariflar, narxlar va narx-navolarni mustaqil belgilash.

Qaror bilan, Markaz xodimlarining lavozim maoshlari bir yarim barobarga oshirildi.

Ko`rsatilgan pullik xizmatlardan kelib tushadigan mablag`larning 50 foizigacha bo`lgan qismi ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag`batlantirish uchun yo`naltiriladi.

Bundan tashqari, Markazning tegishli bo`lim va laboratoriyalariga Fanlar Akademiyasining ilmiy-tekshirish muassasalari va oliy ta`lim muassasalari biriktirildi.

Endilikda, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ xodimlari sud ekspertining mustaqillik prinsipiga so`zsiz rioya qilishlari hamda har qanday ko`rinishlarda sud ekspertlarining professional faoliyatiga to`sqinlik qilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Bir so`z bilan aytganda, davlat sud ekspertlarining ish sharoitlari yanada yaxshilanadi, ekspertiza xulosalari qisqa muddatlarda chiqariladi, ushbu jarayonlarga innovasiyalar joriy etilib, ekspertiza tadqiqotlarini o`tkazishda shaffoflik ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1