1

Toshkentda robot texnika bo`yicha RoboCraft kurslari ochildi

Jamiyat 16.01.2019, 10:48
Toshkentda robot texnika bo`yicha RoboCraft kurslari ochildi

Toshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni o`rganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Halq ta`limi vazirligi axborot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, RoboCraft kurslari ta`lim yo`nalishidagi davlat va xususiy sektorning birinchi qo`shma loyihasi hisoblanadi. Mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi qoshidagi innovasiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan xususiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

“Dastlabki bosqichda o`quvchilar SCRATCH asosida dasturlash bilan tanishtirilib, robot-dizayner Junior E misolida mexatronika asoslari bo`yicha ta`lim oladi. Shu tarzda algoritmlash bo`yicha asosiy bilim va zarur ko`nikmalarni olib, shaxsiy robotlarini boshqarishni o`rganishadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermato ushbu loyiha ijtimoiy soha bo`yicha investorlarni jalb etish hamda ta`lim sohasidagi innovasion islohotlar yo`lida davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirishga asos bo`lishini ta`kidladi.

Toshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni o`rganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

В Республиканском центре Баркамол Авлод запустили курсы по робототехнике RoboCraft

Shuningdek, xalq ta`limi vazirligi kelgusida sarmoyadorlar bilan birgalikda yuqori malakali va raqobatbardosh yosh avlodni tayyorlash maqsadida “Barkamol avlod” markazlarini zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1