1

Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri bilan uchrashuv o`tkazdi

Jamiyat 16.01.2019, 11:01
Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri bilan uchrashuv o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi bilan uchrashdi.

Koreya Respublikasi delegasiyasi mamlakatimizga O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya sohasidagi keng ko`lamli islohotlar jarayonida faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

Tomonlar hamkorlikni yana rivojlantirish, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash, qonun hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xususan, xorijiy investisiyalarni jalb etish va investisiya iqlimini yaxshilash, yuridik xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish sohasidagi masalalarni muhokama qildi. 2017 yilning 23 noyabrdagi ikki mamlakat Adliya vazirliklari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandumga muvofiq qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi"ni ishlab chiqish muhimligi ta`kidlandi. Bu esa mamlakatimizda ochilgan Janubiy Koreyaning etakchi yuridik kompaniyalari vakolatxonalari investorlar huquqini har tomonlama himoya qilish, shartnoma-huquqiy baza sifatini oshirishga imkon beradi.

2E4A0096.JPG

O`zbekiston Adliya vaziri janubiy koreyalik hamkasblarini mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida, xususan, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar to`g`risida xabardor qildi. Bu yo`nalish fuqarolar, tadbirkorlar, xususan, xorijiy investorlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning, ayniqsa davlat hokimiyatining barcha darajasidagi korrupsiyaning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarning samarasini oshirish, shuningdek, yuridik yordam va huquqiy xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirishga yo`naltirilgani ta`kidlandi.

Koreya Respublikasi delegasiyasi inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni ishlab chiqish sohasida O`zbekiston bilan o`zaro hamkorligini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot doirasida Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi mamlakatimiz adliya organlari va muassasalari faoliyatidagi ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholadi va ularni xalqqa yaqinlashish, faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta`minlashga imkon berishini aytib o`tdi.

2E4A0103.JPG

Eslatib o`tamiz: Adliya vaziri boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi o`tgan yilning 26-30 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Adliya vazirligidagi uchrashuvi doirasida hamkasblariga O`zbekistonga tashrif buyurishni taklif qilgan edi.

Ma`lumot uchun: Koreya Respublikasi Adliya vazirligi — Adliya vaziri boshchiligida adliya ishlarini nazorat qiluvchi, Vazirlar Mahkamasi darajasidagi vazirlik hisoblanadi. U sud ta`qibi, hukmlarni chiqarish, immigrasiya nazorati va inson huquqlarini himoya qilishga javob beradi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o`rtasida yuridik materiallarni almashish to`g`risidagi kelishuv (05.10.1999y, Seul shahrida), O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Hukumat qonunchiligi vazirligi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandum (29.10.2009 y, Toshkent shahrida), shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandum (23.11.2017 y)doirasida amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1