1

GM Uzbekistan yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

Jamiyat 16.01.2019, 11:31
GM Uzbekistan yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

"GM Uzbekistan" tomonidan "AS-Jizzaxservis" sho``ba korxonasi tekshiruvdan o`tkazdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida dilerlik korxonalarining faoliyatini tekshirish tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi namoyon bo`ldi.

Xususan, mazkur avtosalon faoliyati yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan bir qator murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo`pol muomalada bo`lish hamda korrupsion harakatlar bilan bog`liqligi aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta`minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan.

Mijozlar bilan muloqotda avtosalon xodimlarining malakasizligi belgilangan tartibga mos kelmagan.

"Avtosalonda axborotlar doimiy ravishda yangilanmagani, korxonada Koll-markaz faoliyatining tegishlicha tashkil etilmaganligi xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida bir qator noqulayliklar tug`dirgan", - deyilgan xabarda.

Qayd etilgan holatlar natijasida "AS-Jizzaxservis" sho``ba korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1