1

Chekka tuman va qishloqlarimiz aholisiga ham zamonaviy avtotransport xizmati ko`rsatiladi

Jamiyat 16.01.2019, 11:57
Chekka tuman va qishloqlarimiz aholisiga ham zamonaviy avtotransport xizmati ko`rsatiladi

Aholiga arzon, sifatli va qulay avtotrasport xizmati ko`rsatish, mamlakatimiz viloyat va tumanlarini jamoat tarnsporti xizmati bilan qamrab olish, chekka hududlarimiz aholisiga ham sifatli avtotransport xizmatini ko`rsatish borsida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ- 3589- sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va 12 ta viloyatlarda O`zbekiston avtomobil transporti agentligi huzurida faoliyat yurituvchi va aholiga avtotransport xizmatlarini ko`rsatuvchi jami 13 ta unitar korxonalar tashkil etildi.

Ushbu korxonalar 2018-2019 yillar davomida jami 1180 ta zamonaviy “ISUZU” SAZ HC 40 rusumli avtobuslar sotib olinadi. Bugungi kunga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasidagi korxonaga 50 ta, Namangan 10 ta, Toshkent va Xorazm viloyatlari 20 tadan “Isuzu” avtobuslari olib kelindi, yana 140 ta avtobuslar uchun “SamAvto” MChJga oldindan bo`nak mablag`lar o`tkazib berildi. Sotib olingan avtobuslar tuman hokimliklaridan berilgan takliflardan kelib chiqib, chekka qishloqlarni tuman markazlari bilan bog`lovchi yangi yo`nalishlarga qo`yilmoqda.

Kuni kecha "O`zavtotrans" agentligi huzuridaga "Avtotrans Xorazm" unitar korxonasiga olib kelingan 20 ta yangi Isuzu rusumli avtobuslarni "Xiva shahar" yo`nalishiga hamda shaharlararo yo`nalishlar ya`ni "Urganch-Buxoro" va "Urganch-Mang`it" yo`nalishlariga joylashtirilishiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda viloyat faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Xorazm viloyat hokimi F.Ermano viloyatda ko`rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish borasida O`zavtotrans agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1