15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so`mlik banknot namunasi va dizaynini ma`qulladi.
Yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko`ra muomalaga chiqarilmoqda:
- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog`liq xarajatlarni kamaytirish;
- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko`rsatishda samaradorlikni oshirish;
- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.
100 000 (yuz ming) so`m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o`sishiga ta`sir ko`rsatmaydi.
Yangi nominaldagi banknotning ko`rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.