1

Ozarbayjon Respublikasi delegasiyasi Samarqanddagi DXA markazi faoliyati bilan ham tanishdi

Jamiyat 16.01.2019, 14:12
Ozarbayjon Respublikasi delegasiyasi Samarqanddagi DXA markazi faoliyati bilan ham tanishdi

Davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yo`lga qo`yish, shuningdek, mazkur sohada innovasion yondashuvlar bilan almashish maqsadida mamlakatimizga Ozarbayjon Respublikasi delegasiyasi tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Ular O`zbekiston Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borib, kelgusida istiqbolli rejalar haqida so`z yuritishga, yaqinda ochilgan Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi misolida faoliyatni amaliyotda o`rganishga, Markazga kelish imkoni bo`lmagan fuqarolar uchun yo`lga qo`yilgan sayyor “mobil” davlat xizmatlari bilan tanishishga ulgurdilar.

Keyingi manzil — Samarqand. Ushbu butun jahonga tanilgan shaharga tashrif O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, ularning xotirasini shod etishdan boshlandi.

Tashrif davomida ozarbayjonlik hamkasblar O`zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirishdi. Axir, ular chet ellik hamkasblarimiz orasida mashhur bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish uchun tashkil etilgan. Faoliyati esa xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatib,uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini to`laqonli himoya qilishga qaratilgan.

Shunday qilib, mazkur tashkilotning ishlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida delegatlar uning Samarkand shahri bo`limiga tashrif buyurdi. Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Shuhrat Uzakov bu erda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida aytib berdi. Shuningdek, uning ta`kidlashicha, ushbu muassasalarga amaldagi qonun hujjatlarini biladigan, fuqarolar bilan ishlash uchun etarli tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingan. Fuqarolarga qulay sharoit yaratish maqsadida, bugungi kunda mamlakatimiz bo`ylab barpo etilayotgan zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda Xalq qabulxonalari ham joylashadi. Barchasi, fuqarolar davlat xizmatlari sohasiga oid masalalarni bitta joyda xal etishi uchundir.

Tashrif doirasida. Ozarbayjonlik mehmonlar Temuriylar poytaxti yodgorliklari — Shohi-Zinda majmuasi, Temuriylarning Go`ri Amir maqbarasi, Registon maydoni va boshqalarni ziyorat qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1