1

"Qamchiq" dovonida avtotransport harakati tiklandi

Jamiyat 16.01.2019, 15:44
"Qamchiq" dovonida avtotransport harakati tiklandi

15 yanvar kuni soat 19:00 da A-373 "Toshkent - O`sh" avtomobil yo`lining "Qamchiq" dovonida qor ko`chkisi xavfi bo`lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to`xtatilgan edi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, 16 yanvar kuni "Qamchiq" dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari FVV, MV, IIV, "O`zgidromet" markazi va "O`zavtoyo`l" davlat qo`mitasi, kuch va vositalari tomonidan majburan tushirilib, avtomobil yo`li qor ko`chkilaridan tozalandi.

"O`zgidromet" markazining qor ko`chkisi mavjud emasligi to`g`risidagi byulleteniga asosan, "Toshkent - O`sh" avtomobil yo`li "Qamchiq" dovonida joriy yilning 16 yanvar kuni kuni soat 11:05 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo`lga qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1