1

Noqonuniy valyuta savdosi uchun jazo og`irlashdi

Jamiyat 16.01.2019, 16:34
Noqonuniy valyuta savdosi uchun jazo og`irlashdi

Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg`in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, valyuta qimmatliklarini miqdoridan qat`i nazar qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazishi shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi. Ilgari faqat ancha miqdorda (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha) ushbu harakatlarni amalga oshirish jinoyat deb topilgan.

Endilikda, ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini olish yoki o`tkazish javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat hisoblanadi va ma`muriy jazo qo`llanilmasdan to`g`ridan to`g`ri jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, “Bank siri to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi ma`lumotlar endilikda Hisob palatasi bilan bir qatorda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ham taqdim etilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1