1

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

Jamiyat 16.01.2019, 16:35
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 yanvardagi Farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxrievich O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

D.Rahimov 1978 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo`lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma boshlig`i, Departament boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1