1

Davlat soliq qo`mitasi tomonidan ko`rgazmali seminar tashkil etildi

Jamiyat 16.01.2019, 16:43
Davlat soliq qo`mitasi tomonidan ko`rgazmali seminar tashkil etildi

Davlat soliq qo`mitasi tomonidan 2019 yilgi soliq siyosatidagi yangiliklar mazmun-mohiyatini Toshkent shahar va Toshkent viloyati soliq to`lovchilariga etkazish maqsadida “O`zekspomarkaz” majmuasida 15-18 yanvar kunlari ko`rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bojxona qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Jahon bankining O`zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda 1080 nafar tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etdi.

Soliq to`lovchilarga soliq tizimidagi yangiliklar 90 ta stend hamda mavzuga oid 10 ta videorolik yordamida tushuntirildi. 40 turdagi jami 4600 ta bukletlar tarqatildi.

Soliq to`lovchilardan tushgan 74ta savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, seminarda xorijlik hamkorlar uchun alohida pavilon tashkil qilinib, unda xorijiy davlatlarning 14 ta elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Seminarda Jahon banki va Davlat soliq qo`mitasi o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning 2018 yildagi natijalari va istiqboldagi rejalar haqida ma`lumot berildi.

To`rt kunlik ko`rgazmali seminar o`z ishini davom ettirmoqda va unda jami 5000 ga yaqin soliq to`lovchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Soliq to`lovchilar tomonidan seminarlar davomida beriladigan barcha savollarga soliq.uz rasmiy saytida to`liq javoblar taqdim etiladi.

Davlat soliq qo`mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1