AsosiyJamiyat

Toshkent shahri xalqaro marafonga mezbonlik qiladi

'Toshkent shahri xalqaro marafonga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Shu yilning, 24 mart kuni poytaxtimizda I Toshkent xalqaro marafoni tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda MOQ.

Shu munosabat bilan ayni paytda Xalqaro engil atletika federasiyalari assosiasiyasi (IAAF) vakillari poytaxtimizda bo`lib turishibdi. Ishchi guruh tomonidan xalqaro marafon trassasini o`lchash jarayonlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun, xalqaro marafon tashkil qilish uchun yugurish trassasining dengiz sathidan balandligi, masofa, yo`l tekisligi va boshqa standartlar hisobga olinadi. Ana shu jihatlar to`g`ri kelgan taqdirda Xalqaro engil atletika federasiyalari assosiasiyasi tomonidan mazkur trassaga marafon o`tkazish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi. Toshkent mezbonlik qiladigan marafon 21 095 metr masofa bo`yicha tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. Qayd etish lozimki, bunday darajadagi xalqaro marafon yurtimizda ilk marotaba bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar