AsosiyDunyo

Makron ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan umumxalq muhokamasi bo`lib o`tishini e`lon qildi

'Makron ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan umumxalq muhokamasi bo`lib o`tishini e`lon qildi 'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan umumxalq muhokamasi bo`lib o`tishini e`lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Makronning so`zlariga ko`ra, har bir fuqaro o`z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirish huquqiga ega. Prezident tomonidan fransuz xalqiga taqdim etiladigan savollar orasida “Qanday soliqlarni qisqartirish kerak?”, “Davlat birinchi navbatda pulni qanday sarflashi kerak?”, “Fransiyada byurokratik holatlar ko`pmi?”, “Referendum tez-tez o`tkazilishi kerakmi?” degan savollar bor.

Ushbu mavzular bo`yicha munozaralar mahalliy hokimiyat binolarida o`tkaziladi. Shuningdek, odamlar internet orqali ham o`z fikrlarini bildirishlari mumkin. Munozara natijalari orqali Emmanuel Makron fransuzlarga yangi ijtimoiy kelishuvni taqdim etishini va`da qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar