2019 yilning 15 yanvar kuni Zomin tumani Dashtobod shaharchasida noxush voqea yuz berdi.
Ma`lum bo`lishicha, soat 09.03da Baxt mahallasidagi xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in xavfsizligi qismiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida zudlikda 2 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilib, ular soat 09.10 da voqea joyiga etib kelgan.
Voqea joyini ko`zdan kechirish jarayonida uyning yotoqxonasida 2 kv.m. maydonda gilam, ko`rpa va beshik yonayotganligi aniqlanib, yong`in shu zahoti bartaraf etilgan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda beshikdagi bolani nostandart elektr isitish moslamasiga yaqin qo`yib, uni nazoratsiz qoldirilishidan yong`in sodir bo`lganligi, shuningdek, xonadon sohibasi buni sezib qolib, beshikdagi jarohatlangan o`g`lini shifoxonaga olib ketganligi ma`lum bo`lgan. Lekin ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan uy egasining farzandi 2018 yilda tug`ilgan M.D. shifoxonada vafot etgan.






