AsosiyJamiyat

Xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish yanada osonlashadi

'Xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish yanada osonlashadi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

2019 yil 1 martdan quyidagilarning ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlari to`g`ridan-to`g`ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikasiya qilinadi:

  • O`zbekistonda alohida bo`linmalari bo`lgan xorijiy ta`lim muassasalarida o`qigan fuqarolarning;
  • xalqaro reytingda birinchi 1000 o`rinni egallagan xorijiy oliy ta`lim muassasalarida o`qigan fuqarolarning;
  • vazirlik va idoralarining yo`llanmalari asosida xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta`lim olgan fuqarolarning;
  • 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirgan fuqarolarning;
  • Oliy ta`limda sifatni kafolatlash Evropa assosiasiyasining to`laqonli a`zolari – vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditasiya qilingan ta`lim muassasalarida ta`lim olgan fuqarolarning;
  • Amerika Qo`shma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarida ta`lim olgan fuqarolarning;
  • vazirlik va idoralar tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobidan xorijda ta`lim olgan fuqarolarning;
  • shuningdek, xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumatning qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.

Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to`g`risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Qaror bilan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga bir qator qo`shimcha vazifalar yuklandi.

Oliy ta`lim muassasalari faoliyatini o`rganish hamda ushbu muassasalarda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan har chorakda Prezident Administrasiyasiga takliflar kiritib borishga mas`ul bo`lgan Davlat inspeksiyasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimi joriy etildi.

2019 yil 1 iyungacha ta`lim sifatini ta`minlovchi axborot tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar