O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sport kurashlari bo`yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Mazkur qaror bilan Milliy gvardiyaning Sport kurashlari bo`yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o`quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom hamda ushbu sport maktabi o`quvchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan ta`minlash normativlari tasdiqlandi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, sport maktabida o`quvchi-sportchilarning kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat bo`ladi hamda ta`lim olish muddati o`quvchi-sportchi O`zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo`lgan davr mobaynida davom etadi.
Sport maktabiga 18 yosh va undan katta bo`lgan sportchilar qabul qilinadi.
Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo`yiladi:
- sport ustaligiga nomzoddan past bo`lmagan sport toifasining mavjudligi;
- kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo`yicha sportchilar o`rtasida O`zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallagan sovrinli o`rinlarning (1-3-o`rinlar) mavjudligi.
Sport maktabiga nomzodlarni tanlab olish va o`qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:







