Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi "G`ishtko`prik" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga ov quroli patronlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishga chek qo`yildi.
"Toyota Land Cruiser" avtomashinasida qo`shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro Sh.B. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs o`z avtomashinasida bojxona nazoratidan yashirincha 9 dona ov-qurol patronlarini yurtimizga noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






